Toshkent bo‘yicha shahar telefon aloqa xizmatlari

Toshken bo‘yicha simli stantsion telefon aloqa xizmatlari (joylarda telefon aloqasi) – bu odatga ko‘ra, Toshken shahri ichida joylashgan foydalanuvchi bilan telefon orqali bog‘lanish.

Toshkent shahar telefon tarmog‘i — «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining eng yirik filialidan biri bo‘lib, poytaxtimizdagi tashkilot, muassasa, idora hamda qator yuridik maqomidagi korxonalar va shahar aholisiga mahalliy telefon aloqasi, shaharlararo, xalqaro telefon so‘zlashuvlari, ma’lumotni uzatish va Internet tarmog‘idan foydalanish kabi qator xizmatlarni taqdim etib keladi.

Shahar telefon tarmog‘ining shakllanishi tarixi 120 yilni o‘z ichiga [TShTT rivojlanishi tarixiga qarang]. Toshkent telefon tarmog‘i quvvati 640 000 dan ortiq raqamni tashkil etib, 130 km li optik-tolali kabel yordamida tarmoqqa ulanib, qaysiki ovozli, faksmilli,video tovushlarni uzatish uchun, hamda turli-tuman qo‘shimcha xizmatlarni uzatishda foydalaniladi.

Jismoniy shaxslar telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanish shartnomasini tuzish uchun mahalliy telekommunikatsiya bog‘lamasiga yozma ariza orqali murojaat qilishlari mumkin. Arizalar, qachonki textik imkoniyatlar mavjud bo‘lsa va shaxsning ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatda bo‘lganligini tasdiqlovchi xujjatlari bo‘lsa, yoki yashash joyiga egalik huquqini beruvchi xujjati bo‘lsa qanoatlantiriladi.

Ariza ro‘yxatdan o‘tgan kunidan bir oy ichida telekommunikatsiya bog‘lamasi xodimlari yozma ravishda qabul qilingan qarorni ma’lum qiladilar.

Tariflar 125–1/1 sonli preyskuranti asosida belgilanadi.

Mahalliy telefon so‘zlashuvlari abonent to‘lovi yoki vaqtbay tizimli to‘lovni 125-1/1 sonli preyskurant asosida to‘lanadi.

Agarda savollar tug‘ilsa, Siz teskari aloqa shakli orqali berishingiz mumkin.

Xizmatlar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni olish uchun kompaniyaning regional filallarini mahalliy telekommunikatsiya bog‘lamalariga telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Xizmatlar to‘liqligicha umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari telefon aloqa xizmatlarito‘g‘risidagi (O‘zbekiston aloqa agentligi va axborotlashtirishning 2004 yil 31 martidagi 98 sonli tasdiqlangan) QARORI ga mos keladi.

Temaga oid havolalar:

TShTT rivojlanish tarixi

125-1/1 – sonli Pereyskuranti. Universal telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar me’yoriy darajasi. 2013yil 1oktyabrdan kiritilgan.

125-1/2 – sonli Pereyskuranti. Alohida telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar me’yoriy darajasi.

125-1/7 – sonli Pereyskuranti. AK “O‘zbektelekom” shartnomasi (erkin) asosida ko‘rsatilgan, Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflari, bu yerda o‘zbek tilida

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun “Aloqa” bo‘limidagi telefon raqamlariga murojaat qilinsin

Inglizcha | O'zb | Ruscha